17 yoshli vunderkind Ispaniya terma jamoasidan chaqiruv oldi

  • 20 avgust, 2020, 18:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” tarbiyalanuvchisi Ansu Fati Millatlar ligasi turniri doirasida Germaniya va Ukraina terma jamoalari qarshi o‘tkaziladigan uchrashuvlar oldidan Ispaniya terma jamoasiga taklif etildi.

Tecno

Bosh murabbiy Luis Enrike qator debyutantlar qatori Ansu Fatiga ham imkon berishga qaror qildi.

Ispaniya terma jamoasi tarkibi bilan tanishing:

Darvozabonlar: David de Xea («Manchester Yunayted»), Kepa Arrisabalaga («Chelsi»), Unai Simon («Atletik»);

Himoyachilar: Xesus Navas («Sevilya»), Dani Karvaxal («Real»), Serxio Ramos («Real»), Pau Torres («Vilyarreal»), Diego Lorente («Real Sosedad»), Xose Luis Gayya («Valensiya»), Serxio Regilon («Sevilya»), Erik Garsiya («Manchester Siti»);

Yarim himoyachilar: Fabian Ruis («Napoli»), Tyago Alkantara («Bavariya»), Serxio Buskets («Barselona»), Rodri («Manchester Siti»), Mikel Merino («Real Sosedad»), Dani Olmo («RB Leyptsig»), Oskar Rodriges («Real»);

Hujumchilar: Rodrigo Moreno («Valensiya»), Mikel Oyarsabal («Real Sosedad»), Adama Traore («Vulverxempton»), Marko Asensio («Real»), Ansu Fati («Barselona»), Ferran Torres («Valensiya»).

Ispaniya dastlabki uchrashuvni 3 sentyabr kuni Germaniya terma jamoasiga qarshi Shtutgart shahrida o‘tkazadi. Keyin 6 sentyabr kuni Madridda Ukraina terma jamoasini qabul qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!