Xabib Nurmagomedov: "Dastin Pore faoliyatini yakunlashi kerak"

  • 17 dekabr, 2024, 13:27
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC shon-shuhrat zali a’zosi Xabib Nurmagomedov engil vazn toifasida sobiq vaqtinchalik UFC chempioni Dastin Pore haqida bir qator fikrlarni bildirib o‘tdi.

Tecno

"Menimcha, Pore faoliyatini tugatishi kerak. Uning davri o‘tdi. Men, Jastin Getji, Dastin Pore, Toni Fergyuson - eski maktab jangchilarimiz. Shunday ekan, birodarim Dastin, siz ham kurashishni bas qiling” — dedi Nurmagomedov "Pound 4 Pound" nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, UFC prezidenti Dana Uayt Pore bilan xayrlashuv jangini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini aytgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!