
Jaloliddin Masharipov: Maqsad - butun O‘zbekistonni xursand qilish
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoamiz Jahon chempionatining saralashida Birlashgan Arab Amirligi bilan kuch sinashadi.
Ushbu bellashuvdan avval matbuot anjumanida terma jamoamiz etakchisi Jaloliddin Masharipov bo‘lajak bellashuvdan avval o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
— Hayotimda birinchi bor bunaqa etapga etib keldik. Ertaga tarix yaratishimiz kerak va ertaga o‘zbeklarni kuni bo‘lishi kerak. Barcha uchun qo‘ldan kelgancha, katta bayram qilib berishga harakat qilamiz. Bu ergacha kelganimiz bekorga emas. Vaqti keldi va biz Jahon chempionatiga borishimiz kerak.
Ertaga o‘zimizni oqlashga haqqimiz yo‘q. Shu paytgacha oqlab keldik. Maqsad - butun O‘zbekistonni xursand qilish.
Kayfiyatni ko‘tarish haqida:
— Kayfiyatni ko‘tarish uchun qo‘shiq eshitamiz. O‘yin haqida o‘ylashimiz kerak, lekin oshirib yubormaslik shart. O‘ylashimcha, bu bizga ortiqcha bosib bo‘lishi mumkin. Shuning uchun kayfiyatni ko‘tarib, maydonga chiqib, doimo qilayotgan ishimizni qilishimiz kerak.
Biz maydonda bir-birimizni yaxshi tushunamiz. Hammamiz o‘zimizdan kelib chiqib mehnat qilsak maqsadimizga erishamiz. Qanday qo‘shiq eshitimizga to‘xtalsak, albatta o‘zbekcha qo‘shiq eshitamiz.
Fikrlar