
Iliya Topuriya: "Islom Maxachevni engish uchun faqat bir narsa kerak"
Yarim engil vazn toifasidagi UFC chempioni Iliya Topuriya engil vazn toifasidagi kamar sohibi Islom Maxachev haqida gapirdi.
“Mening Maxachevdan ko‘ra ko‘proq ustun jihatlarim bor va buni Islomning o‘zi ham juda yaxshi biladi. Uni mag‘lub etish uchun faqat bir narsa - bitta aniq zarba kerak, shu xolos. Qachon va qaerga urishni esa men aniq bilaman" - dedi Topuriya "Full Send Podcast" You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Maxachev oxirgi jangida Renato Moykanoni 1-raunddayoq sabmishn evaziga mag‘lub etgandi.
Fikrlar