
Bektemir Meliqo‘ziev boks yulduzi, super jangchiga qarshi ringga ko‘tariladi
Professional boksning super o‘rta vazn toifasida ringga ko‘tarilayotgan Bektemir Meliqo‘ziev 30 yanvar kuni sobiq jahon chempioni Sergey Kovalyovga (34-4-1, 29 KO) qarshi ringga ko‘tariladi. Bu haqda Gosport.uz nashriga bokschiga yaqin manbalar xabar berdi.
Sergey Kovalyov so‘nggi marta 2019 yilda Kanelo Alvaresga qarshi ringga ko‘tarilgan va 11-raundda nokautga uchragandi. So‘nggi bor u 2019 yilning avgustida jahon chempionlik kamarini himoya qilgan.
Fikrlar