
"Barselona" Janubiy Koreya klubini yirik hisobda mag‘lub etdi
Janubiy Koreyaning "Seul" hamda Ispaniyaning "Barselona" jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi yakuniga etdi. Jamoalar Seuldagi (Janubiy Koreya) "Seul Uorld Kap - Sangam" stadionida o‘ynashdi. Unda "Barselona" 7:3 hisobida g‘alaba qozondi.
"Barselona" tarkibida Robert Levandovski, Lamin Yamal (ikki marta), Andreas Kristensen, Ferran Torres (ikki marta) va Gavi o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. "Seul" safida Chjo Yoon Uk, Yazan Al-Arab va Xan Min Chun gol urdi.
Fikrlar